Paxta dalasidan Prezident Administratsiyasigacha. O‘zbek ayolining Turkiyadagi taqdiri

Intervyu

Zamira Hamidova O‘zturk 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tilshunos-olima. U 2014 yildan buyon Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasida tarjimon, ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Istanbuldagi Marmara universiteti va Anqaradagi Hajettepa universitetlarida tahsil olgan. “O‘zbekcha-Turkcha lug‘at” muallifi va Umar Sayfiddin hikoyalarini o‘zbek tiliga, Oybekning “Qutlug‘ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar” romanlarini, Zarifboy Ibodullayevning “Asab va ruhiyat” kitobini turk tiliga tarjima qilgan.

Zamira O‘zturkning turk tilida tahsil olishi ham tasodif bilan sodir bo‘lgan. Bu qaror bir kunda, o‘quv auditoriyasining ichida qabul qilingan. Xohlab emas, vaziyat taqozosi bilan. Biroq qahramonimiz bu qaror uning hayotida hamma narsani o‘zgartirib yuborishini hali bilmas edi.

Hayotining Turkiya sahifasi boshlangan Zamira O‘zturk o‘z baxtini ham shu o‘lkada topadi. Turmush o‘rtog‘idan qo‘llab-quvvatlov va rag‘bat sabab bugun muvaffaqiyat qozonganini ta’kidlovchi qahramonimiz bu yo‘lda uning onasining ham roli katta ekanini ko‘zda yosh bilan tilga oladi.

O‘zturk 2014 yildan buyon Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasida rus va turk tili tarjimoni sifatida faoliyat olib bormoqda. U ishga kirishda ham qiziq bosqichlarni bosib o‘tganini, bolalikdagi ishtiyoq, talabalik davridagi ilmiy ishlari sabab kasb tanlashda qiynalmaganini eslaydi.

U shular bilan cheklanib qolmadi, o‘zini ilmga otdi. 7 yillik izlanishlari natijasida ilk “O‘zbekcha-Turkcha lug‘at”ni tuzib chiqdi, Muso Toshmuhammad Oybekning “Qutlug‘ qon”, “Oltin vodiydan shabadalar” romanlari, Zarifboy Ibodullayevning “Asab va ruhiyat” kitobini turkchada sayratdi va albatta bu xizmatlari munosib e’tirof etilmoqda.

Bugun u ona, rafiqa. Ikki arslonday o‘g‘ilni tarbiyalamoqda. Davlat ishi, ijod, ilm bilan birga farzand tarbiyasida ham tizginni bir xilda ushlagan. Turmush o‘rtog‘i turkiyalik – u ham davlat xizmatchisi. Qahramonimiz o‘g‘illari haqida gapirar ekan, ularga avvalo ota-ona sifatida o‘zlari ibrat bo‘lishini aytadi.

U millat og‘riqlari haqida to‘xtalar ekan, hamma ham ilm o‘rganmasa-da kasb-hunarli bo‘lishi kerakligini, hammaga ham ishonmaslik va topganini to‘y-hashamga sochmaslik tarafdori ekanini aytadi.

Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Prezident Administratsiyasi tarjimon pedagogika Zamira Hamidova O'zturk Tilshunos Marmara universiteti Hajettepa Umar Sayfiddin Oybek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing