Turkiyada konchilar ochlik e’lon qildi (video)

Olam

image

Turkiya poytaxti Anqara shahrida konchilar bir haftadan beri ochlik namoyishini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Türkiye today” xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyishchilar bir necha oy davomida ularga oylik maosh to‘lanmagani va mehnat huquqlari buzilgani uchun norozilik bildirmoqda. 

Norozilik joriy yilning 13 aprel kuni ishchilar Eskishahardan yo‘lga chiqqach boshlangan. Ular 20 aprel kuni poytaxtga yetib borgan, shundan so‘ng hukumat navbatdagi yurishni to‘xtatgach, vaziyat yanada keskinlashgan. Kecha, 27 aprel kuni ushbu ochlik namoyishi ikkinchi haftaga o‘tgan.

Ochlik namoyishining 8-kunini boshlagan turk konchilari Energetika vazirligiga yurish qilishga uringan paytda politsiya tomonidan qurshab olingan. To‘siqlarni buzib o‘tishga harakat qilgan konchilarga hamda ularga birdamlik bildirgan namoyishchilarga qarshi politsiya achchiq gaz qo‘llagan.

“Bizning olinmagan pullarimiz bor, kompensatsiyalarimiz bor, kasaba uyushmasi huquqlarimiz bor. Bizga 5–6 oylik ish haqi qarz. Rahbarimiz esa bizga faqat juda kichik qismini to‘layapti”, deydi konchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya poytaxti Afina shahrida taksi haydovchilari uch kunlik ish tashlashni boshlagandi. Ular elektromobillarga bosqichma-bosqich o‘tish tartibini joriy etish, avtomobillarni ijaraga olish qoidalarini belgilash, avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berish va soliq yukini kamaytirishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya ochlik konchilar namoyishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing