Papa “Real”ning faxriy a’zosiga aylandi

Sport

image

Rim Papasi Lev XIV “Real Madrid” futbol klubining faxriy a’zosi etib tayinlandi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Klub bayonotiga ko‘ra, Florentino Peres raisligida o‘tgan “Real Madrid” direktorlar kengashi yig‘ilishida Papa Lev XIVga klubning eng yuqori mukofotlaridan biri – faxriy a’zolik unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, joriy yilning 8 iyun kuni Papa Lev XIV Madrid yeparxiyasi bilan uchrashuv doirasida “Santyago Bernabeu” stadioniga tashrif buyurgan. Florentino Peres unga ismi va 1 raqami tushirilgan maxsus “Real Madrid” futbolkasini hamda stadion maketini sovg‘a qilgan. O‘z navbatida, Papa Lev XIV klub prezidentiga esdalik medalini topshirgan.

Klub bayonotida aytilishicha, “Real Madrid” bu qaror orqali milliardlab insonlarni ifodalovchi va dunyo bo‘ylab tinchlik, birdamlik hamda adolatni targ‘ib qiluvchi shaxsga bo‘lgan hurmat va e’tirofini namoyon etgan.

Avvalroq, Lev XIV “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi raqobatda madridliklar jamoasini afzal ko‘rishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rim Papasi Florentino Peres “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing