Parkentda 20 ming dollar pora olayotgan mahalla raisi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi va yana boshqa bir shaxs davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, rais va 1970 yilda tug‘ilgan shaxs davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisiga 2-3 ming dollar berish orqali yerning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi hamda 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro 17 ming AQSH dollari va 37 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida pora evaziga fermerning qarzini yopib bermoqchi bo‘lgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va lavozimdaligidan foydalanib tanishini ishga joylashni va’da qilgan sobiq hokim o‘rinbosari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Parkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing