Andijonda “Energosavdo” yuristkonsulti pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
08:34 1926 1 daqiqa
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” Andijon bo‘linmasi yetakchi yuristkonsulti 788 mln so‘mlik zararni yopib berish evaziga 5 ming dollar pora talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuristkonsulti pishloq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko‘ra, elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha hisoblangan 788,4 mln so‘mlik moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
Joriy yilning 1 may kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 500 dollarini olgan.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Xiva tumanida Majburiy ijro byurosi xodimi 1500 dollar pora bilan ushlangandi.
Live
Barchasi