Parol emas o‘ron. 40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan 40 ta xorijiy atama o‘zbekchaga tarjima qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining joriy yil 30 iyuldagi 62-son bayoniga binoan o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan ushbu atamalar hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘zlar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan  2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.

Ijroni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayoni qabul qilindi. Ushbu bayonga ko‘ra, o‘zbek tilida qo‘llanilib kelayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi.

Jumladan:

Qayd etilishicha, ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda ish olib borgan, shuningdek, mazkur departamentning ekspertlar guruhida xorijiy atamalar muhokamadan o‘tkazilgan.

Almashtirilishi lozim bo‘lgan 40 ta xorijiy atamaning milliy muqobillarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunoslari ushbu atamalar tegishli soha vakillari bilan muntazam muloqotda bo‘lgan. Shuningdek, xorijiy atamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamadan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda O‘zbekistonda ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshirishi majburiy bo‘lishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbek tili xorijiy atama yangi so'zlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing