Pedri Messining 15 yillik rekordini yangiladi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Pedri klub tarixida La Ligada 150 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi va Lionel Messining uzoq yillik rekordini yangiladi. Bu haqda SI xabar berdi.

Joriy yilning 13 dekabr kuni Pedri “Barselona” safida “Osasuna”ga qarshi o‘yinda La Ligadagi 150-uchrashuvini o‘tkazdi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi klub tarixida La Ligada 150 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi va Lionel Messining 2010 yilda o‘rnatilgan rekordini yangiladi.

Messi La Ligadagi 150-uchrashuvini 2010 yil 23 oktyabrda “Saragosa”ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan va o‘sha paytda 23 yosh 121 kunlik edi. Pedri esa ushbu marraga 23 yosh 18 kunligida yetdi.

Ispaniya La Ligasida 150 o‘yinda qatnashgan Pedri “Barselona” bilan 2022-2023 va 2024-2025 yillarda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, “Barselona” hozirda La Liga turnir jadvalida 43 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi turda kataloniyaliklar “Vilyarreal” maydoniga safar qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning 18 yoshlik Lamin Yamal Chempionlar Ligasidagi sermahsullik bo‘yicha eng yosh futbolchi bo‘lib, Kilian Mbappening 2017 yilda o‘rnatgan rekordini yangilagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona” Pedri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing