Pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lanadi
Jamiyat
−
18 fevral 1836 1 daqiqa
O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lab beriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 16 fevral kuni tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, joriy yil sentyayurdan boshlab O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetgan shaxslarga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lar shaxsning murojaatisiz (proaktiv tarzda) vakolatli organning tashabbusi asosida to‘lab beriladi.
Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan quyidagi toifadagi talabalarga talabalar turarjoyiga qabul qilinganligi bo‘yicha yo‘llanma murojaatisiz beriladi:
- yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
- Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda O‘zbekistonda yoshga doir pensiya “proaktiv shaklda” fuqaroning murojaatisiz tayinlanishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi