Pentagon Kiyevga Tomahawk yetkazib berishni ma’qulladi – CNN

Olam

image

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkazib berishga ruxsat berdi va bu AQSH zaxiralariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini aniqladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Pentagon AQSH zaxiralari yetarli ekanini baholagandan so‘ng, Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berishni ma’qullagan. Endi AQSH Prezidenti Donald Tramp bu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishi kerak.

Nashr joriy yilning oktyabr oyi boshida – Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ishchi tushlik paytida Tramp Kiyevga Tomahawk raketalarini yetkazib bermaslikni afzal ko‘rishini aytganini eslatgan, chunki ular Qo‘shma Shtatlarni himoya qilish uchun zarur.

Manbaning xabar berishicha, Pentagonning ushbu qarori “Yevropa Ittifoqi vakillarini rag‘batlantirish bo‘lgan”, ular endi Vashingtonning raketalarni yetkazib berishdan bosh tortish uchun kamroq asoslari bor, deb hisoblaydi. Oq uy va Pentagon bu haqda nashr so‘rovlariga hech qanday javob bermagan.

Manba, shuningdek, ilgari ham Tramp raketa masalasini kun tartibidan olib tashlamagani va agar Prezident buyruq bersa, uning ma’muriyati raketalarni Ukrainaga tezkor yetkazib berish rejalari tayyor ekanini aytgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Pentagon Ukraina armiyasi Tomahawk raketalarini qanday joylashtirishi va uchirishi bo‘yicha qaror qabul qilmoqda. Ko‘pincha ular kemalar yoki suvosti kemalaridan uchiriladi, ammo Ukraina harbiy floti abgor ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Amerikaning uzoq masofali Tomahawk qanotli raketalaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar olti oydan bir yilgacha davom etishi haqida aytgandi. Uning bu so‘zlari Ukrainaga bunday turdagi qurollar hali yetkazib berilmasligini aytishi fonida yangragan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Pentagon Kiev Tomahawk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing