Pochettino APLda ishlash uchun AQSHdan ketmoqchi – OAV

Sport

image

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino sobiq jamoasi Londonning “Tottenxem” klubi boshqaruvini qabul qilish uchun AQSH bilan muddatidan avval xayrlashishga tayyor. Bu haqda “Football.London” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Pochettino darhol “shporlar” murabbiylik lavozimiga qaytish uchun AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi vazifasini muddatidan oldin tark etishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Klubdagi vaziyat esa keskinlashgan. Tomas Frankning ishdan bo‘shatilishi va vaqtinchalik murabbiy Igor Tudor qo‘l ostida bir qator muvaffaqiyatsiz natijalar natijasida “Tottenxem” Premer-liga turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab, xavfli tushib ketish zonasiga yaqinlashdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, muxlislar 2019 yilda jamoani Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan argentinalik murabbiy nomini tobora ko‘proq hayqirmoqda.

Ma’lumot uchun, Igor Tudor qo‘l ostida londonliklar 7 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan 5 tasida jamoa mag‘lubiyatga uchradi. Qolgan 2 tasida “shporlar” 1 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Maurisio Pochettino “Tottenxem”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing