Pokiston Afg‘onistonni yana o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 25 mart kuni Pokiston Afg‘onistonning Kunor viloyatiga qilgan hujumi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston so‘nggi 24 soat ichida Kunor viloyat markazi hamda Sarkano, Manogay va Nari tumanlariga 85 ta minomyot snaryadi otgan. Hujumlar oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi jarohatlangan.

Afg‘oniston Axborot va madaniyat boshqarmasi vakillari jabrlanganlar tinch aholi ekanini, ular orasida ayollar va bolalar ham borligini ma’lum qilgan.

“Nari tumanidagi Pashangar hududida minomyot snaryadi turarjoy binosiga tushib, bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi, jumladan, ayollar va bolalar jarohatlangan”, deydi viloyat politsiyasi qo‘mondonligi matbuot kotibi Farid Dehqon.

Shuningdek, Sarkano tumaniga qilingan hujumlarda yana 3 nafar tinch aholi jarohat olgan.

Hozircha Pokiston rasmiylari ushbu hujumlar yuzasidan izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 42 nafar afg‘onistonlik halok bo‘ldi, 104 kishi esa jarohatlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon hujum Qurbon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing