Afg‘onistondagi suv toshqinlarida 99 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston bo‘ylab kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 99 kishiga yetdi, yana 154 kishi jarohat oldi. Bu haqda Afg‘oniston Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi vakili Yusuf Hammadga tayanib, “Amu.tv” xabar berdi.

Uning aytishicha, 26 martdan boshlangan kuchli jala yomg‘irlari keng ko‘lamli suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan. Bu esa ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga hamda katta moddiy zarar yetishiga olib kelgan.

Tabiiy ofat oqibatida mamlakat bo‘ylab 5000 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, 355 kilometr yo‘llar yuvilib ketgan. Umumiy hisobda 8532 ta oila zarar ko‘rgan.

Yusuf Hammadning qo‘shimcha qilishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga qutqaruv va gumanitar guruhlar yuborilgan bo‘lib, ular favqulodda yordam tarqatish bilan shug‘ullanmoqda. Zararning aniq miqdori hali baholanmoqda.

Afg‘oniston meteorologiya xizmati yaqin kunlarda ham kuchli yomg‘irlar davom etishini prognoz qilgan va mamlakatning barcha 34 viloyatidagi chekka hamda xavfli hududlarda yangi suv toshqinlari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tmiz, avvalroq Afg‘oniston hududidagi Hindukush tog‘ tizmasi hududida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Qobulda 8 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston suv toshqini Yusuf Hammad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing