Sadir Japarov Pokistonga bordi
Olam
−
03 dekabr 3931 1 daqiqa
Bugun, 3 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Pokistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sadir Japarovning samolyoti “Nur Xon” aviabazasiga qo‘ngan.

“Uni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, mamlakat yetakchisi Osif Ali Zardari va boshqa rasmiylar kutib oldi. Sadir Japarovning kelishi munosabati bilan 21 marotaba o‘q uzildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Japarov tashrif doirasida Shahboz Sharif va Osif Ali Zardari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Milliy Assambleya (parlamentning quyi palatasi) spikeri Sardor Ayoz Sodiq va Senat (yuqori palata) raisi Yusuf Rizo G‘iloni bilan uchrashadi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha asosiy yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.
Live
Barchasi