Pokistondagi savdo markazida yirik yong‘in chiqdi. Qurbonlar bor
Olam
−
18 yanvar 1664 1 daqiqa
Kecha, 17 yanvar kuni Pokistonning Karachi shahridagi “Gul Plaza” savdo markazida yong‘in yuz berdi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Geo” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, o‘t o‘chirish xizmati yong‘inning taxminan 60 foizini nazorat ostiga olgan. Shu bilan birga, qutqaruvchilar binoga yuqori harorat tufayli kira olmagan. Ular yong‘in bo‘lgan savdo markazida boshqa odamlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olov pastki qavat va birinchi qavatga tarqalishdan oldin oraliq qavatdan boshlangani aytilmoqda. Yong‘inning sababi hozircha aniqlanmagan.
Yong‘in boshqaruvi rahbarining ma’lum qilishicha, yong‘inni o‘chirish vaqtida binoda portlash yuz bergan va olov tezroq tarqalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lgan. Shuningdek, savdo markazida devorning bir qismi qulab tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonkongdagi Wang Fuk Court turarjoy majmuasida dahshatli yong‘in yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 151 nafardan ortiq odam halok bo‘lgandi. Shuningdek, hodisa ortidan 13 kishi qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, hibsga olingan.
Live
Barchasi