Polsha AQSHdan 38 ta Abrams tankini oldi
Olam
−
12 Sentabr 2635 1 daqiqa
Polsha AQSHdan 38 ta Abrams M1A2 tanki va 14 ta texnik xizmat mashinasini qabul qilib oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu Polshaning zirhli qo‘shinlari uchun eng yirik dengiz orqali yetib kelgan partiyalardan biri bo‘lib, yaqin orada ushbu texnikalar qo‘shinlar ixtiyoriga topshiriladi.
Qayd etish joiz, 2022 yilning fevralida Polsha AQSH bilan 250 ta Abrams M1A2 SEPv3 tankini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan, 2023 yil yanvarida esa qo‘shimcha ravishda 116 ta Abrams tanki xarid qilingan.
Ma’lumot uchun, Abrams M1A2 AQSH ishlab chiqqan asosiy jangovar tank bo‘lib, u 120 millimetrlik silliq o‘q otuvchi to‘p bilan qurollangan. Uning og‘irligi 62 tonnadan ortiq, maksimal tezligi esa soatiga 67 kilometrni tashkil etadi. Tank gaz trubinali dvigatel bilan jihozlangan va kuchli zirh hamda zamonaviy himoya tizimlariga ega. Shuningdek, Abrams M1A2 elektron boshqaruv va jang maydonini nazorat qilish tizimlari bilan ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya Rossiyaga qarshi urushda Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Abrams tanklarini yetkazib bergani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi