Portugaliya ochko yo‘qotdi. O‘zbekistonning imkoniyatlari oshdi

Sport

image

Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Jamoalar AQSHning Xyuston shahridagi “NRG” stadionida maydonga tushdi. Bahsni qatarlik hakam Abdurahmon Al-Jassim boshqarib bordi. Uchrashuvda hisob 6-daqiqada ochildi. Portugaliya yarim himoyachisi Joau Nevesh chap qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada esa Kongo DR hujumchisi Yoan Vissa jarima maydonchasida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.

Portugaliya terma jamoasi “K” guruhining 2-turida joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida esa 28 iyun kuni Kolumbiya bilan bahs olib boradi. Kongo Demokratik Respublikasi esa 24 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘ynaydi. Afrikaliklar guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Kongo Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing