Prezident qishloq xo‘jaligi xodimlariga mukofot topshiradi

Jamiyat

image

Bugun, 10 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda ulardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 9 dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh soha xodimlari mukofotlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev qishloq xo'jaligi xodimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing