Prezident yana bir guruh madaniyat sohasi xodimlarini mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
28 may 16736 12 daqiqa
Bugun, 28 my kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Ushbu farmon bilan quyidagilar mukofotlandi:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan
- Muhammad Temiraliyevich Eshboyev - Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
- Mavzur Mansurovich Mahmudov - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti, rassom.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan
- Hikmatulla Rashidovich Fayzullayev - Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi, naqqosh.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan
- Sharipa Salimova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
- Abdurasulov Xaytimmat - O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi a’zosi, dramaturg.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan
- Nailya Aleksandrovna Artikova - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Bulbulcha” bolalar ansambli badiiy rahbari
- Olim Davlatovich Davlatov - Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori, adabiyotshunos
- Beknazar Yernazarov - Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, yozuvchi
- Zebo Boymanovna Mirzayeva - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
- Botirjon Yuldashevich Ergashev - Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, shoir.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Erkinboy Komilov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
- Yodgor Habibovich Sa’diyev - O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, aktyor.
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
- Erkin Normamatovich A’zamov – “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, yozuvchi
- Zulfiqor Jalalovich Musoqov – “O‘zbekfilm” kinokonserni” davlat muassasasi postanovkachi rejissyori
- Mavluda Boltayevna Halilova (Matluba Dadaboyeva) - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi professori, maqom xonandasi.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Raisa Uraimovna Abdullayeva - Jizzax viloyati musiqali drama teatri artisti
- Usmonkul Azimov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri adabiy bo‘limi mudiri, shoir
- Davronbek Jumanazarovich Otaboyev - Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori
- Ubaydullo Omonovich Bakayev - Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissyori
- Behzod Abdulazizovich Muhammedkarimov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
- Hayrulla Boqijonovich Nuritdinov - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari
- Anvar Xusainovich Raimjonov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “O‘zbekiston solistlari” kamer orkestri badiiy rahbari
- Javlyat Yusupovich Umarbekov - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rangtasvir kafedrasi professori, rassom
- Salima Baxronovna Umarova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Navoiy viloyati.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Muhabbat Xojialimovna Abdullayeva - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
- Abdulaxat Abdurashidov - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli sozandasi
- Salohiddin Sa’dullayevich Azizboyev - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori, xonanda
- Shahobiddin Najmiddinovich Amriddinov - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Samarqand viloyati
- Azamat Bekjonovich Otajonov - Urganch maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, xonanda, Xorazm viloyati
- Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedov -Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori, kinorejissyor
- Jasim Abbas Al-Zubaidi Ahmed - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
- Mehrijon G‘ulomovna Bekjonova - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
- Ashurali Ochilovich Jo‘rayev - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
- Elmurod Muxutovich Islomov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Bek” milliy doirachilar guruhi badiiy rahbari
- O‘tkir Soqijonovich Qodirov – “Sato” guruhi a’zosi, g‘ijjak sozandasi
- Roza Mashurovna Karimova – O‘zbekiston davlat satira teatri faxriy artisti
- Otanazar Matyoqubov - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek musiqasi tarixi kafedrasi dotsenti, musiqashunos
- Abbos Xon Muhammad - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, yozuvchi va publitsist
- Elyor Rasulevich Nosirov - O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi, aktyor
- Mahmud Olmatovich Nomozov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Normurat Norqobilov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
- Zamira Sultanovna Rahmatullayeva - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti, qashqar rubobi sozandasi
- Tohir Bahromjonovich Sodiqov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Shuhrat Mannapovich Tolipov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri badiiy rahbari
- Tolib Tojiyevich Xojiyev - O‘zbekiston davlat yoshlar teatri yetakchi sahna ustasi, aktyor
- Shoxrux O‘ktamovich Shodmanov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Abduqayum Turg‘unboyevich Yo‘ldoshev - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
- Sayyora Abdullajanovna Yunusova - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Yevgeniy Viktorovich Abdullayev - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, shoir va tarjimon
- Qahramon Abduraximov - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
- Shorustam Fayzullayevich Obidov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rejissyori
- Muradillo Himmatovich Aliqulov - Nishon tumani madaniyat bo‘limining baxshichilik to‘garagi rahbari, baxshi, Qashqadaryo viloyati
- Kamoliddin Mohirovich Alimaxsumov - maqom xonandasi
- O‘lmas Xudoyorovich Allabergenov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Viktor Olegovich Apuxtin - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom, Toshkent shahri
- Shaxriyor A’loyevich Argonov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Ashurqul Boymurodov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Toshkent viloyati
- Sherzod Anvarovich Boymurodov - O‘zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori
- Nina Semenovna Vaxrusheva - Bo‘stonliq tumani madaniyat bo‘limining “Qizil chinnigul” faxriylar xor jamoasi badiiy rahbari, Toshkent viloyati
- Anvarjon Jumabayevich G‘aniyev - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
- Aleksandr Babaniyazovich Jumayev - Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi ilmiy xodimi
- Xolisxon Yangiboyevna Jololova - Buloqboshi tumani madaniyat bo‘limi mudiri, Andijon viloyati
- G‘aybulla Ibragimovich Jumanov - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
- Barno Abzalovna Zokirova - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri truppa mudiri
- Xasan Isoqjonov - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining amaliy grafika fani o‘qituvchisi
- Tursinay Sattarovna Ismiyaminova - Olmaliq shahar madaniyat bo‘limining “Navbahor” folklor-etnografik xalq jamoasi rahbari, Toshkent viloyati
- Ulug‘bek Nosirovich Qodirov - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, aktyor
- Ostonaqul Odilovich Komilov - Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori
- Ikrom Yo‘ldoshevich Matanov - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ancambli artist-cozandaci
- Bahodir Akramovich Mamajonov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
- Abduxalil Abdullayevich Mignarev - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
- Rustam Saydimalikovich Muratov - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinooperator
- Mahmud Mamadaliyevich Narqazaqov - Forish tumani madaniyat bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati
- Bo‘ritosh Nosirova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist, Qashqadaryo viloyati
- O‘tkirjon Umarkulovich Ochilov - Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyori, Samarqand viloyati
- Egamberdi Shamatovich Rahimov - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
- Gulnora Rahmanova - erkin ijodkor, rassom
- Damir Uktamovich Rahmonov - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
- Nilufar Ilxamovna Rejametova - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, san’atshunos
- Habijon Siddiqov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Andijon viloyati
- Boltaboy Namanovich Toshmetov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi, qiziqchi
- Uzoqov Alisher Muxamadjanovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
- Ma’mur Botashikovich Umarov - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining san’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori
- Anvar Raxmatillayevich Fayzullayev - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi o‘qituvchisi
- Nabijon Hakimov - Mirzaobod tumani madaniyat bo‘limining «Dilrabo» bolalar ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Sirdaryo viloyati
- Zarif Olimovich Hasanov – “Silk Route Marionettes” teatr-studiyasi rejissyori
- Zamiraxon Xojamberdiyeva - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
- Mansur Xudayberdiyev - Kattaqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limining «Zarafshon» ashula va raqs xalq dastasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati
- Valijon Adaxamovich Shamshiyev - badiiy so‘z ustasi, qiziqchi
- Ruslan Radikovich Sherezdanov - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh rejissyori
- Moxira Turopovna Ergashova - Kasbi tumanidagi madaniyat bo‘limining “Kulol shodasi” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati
- Gulchexra Urmanovna Yusupova - faxriy baletmeyster.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Malikaxon Ziyayeva - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori, dutor cholg‘u ijrochisi
- Muhabbat Turabovna Tulyaxodjayeva - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining san’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Shahriyor Shavkat o‘g‘li Ibragimov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
- Navro‘za Rustam qizi Mamarajabova - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
- Elyor Zuxriddin o‘g‘li Meliboyev – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Lazizbek Ulug‘bek o‘g‘li Muxtarov - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
- Shohruh Toxir o‘g‘li Sirojev – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ovoz operatori, prodyuser, didjey
- Janar Kutlimurat qizi Toreyeva - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri balet artisti
- Shoxrux Baxodirjon o‘g‘li Xamdamov - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘qituvchisi, aktyor
- Shohruhbek Abdullajon o‘g‘li Ergashev – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
“Shuhrat” medali bilan
- Azizjon Xasanboy o‘g‘li Abduazimov - Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artist-maqomchisi, Farg‘ona viloyati
- Rauf Rasulovich Avezov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Buxoro viloyati bo‘linmasi direktori
- Doniyor Baxtiyorovich Agzamov - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining musiqiy ovoz rejissyorligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
- Shuhrat Mengziyayevich Azizov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
- Dilfuza Nurullayevna Atakulova - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Lazgi» ansambli baletmeysteri
- Fazilat Botirovna Axmedova - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi solist-vokalisti
- Xojayaz Djumaniyazovich Babayev - Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasining Nukus mintaqaviy restavratsiya markazi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Seniya Sarsenbayevna Baybosinova - Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
- Saidakbar Asrarovich Varisov - Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining janubiy hududlar bo‘yicha loyihalash bo‘limi boshlig‘i
- Nigora Anorbayevna G‘oibnazarova - Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
- Jahongir Baxtiyorovich Ibragimov - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, postanovkachi operator
- Gulchexra Shaxobidinovna Ibragimova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
- Gulbaxar Jollibayevna Izentayeva - I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Mahamad Po‘latovich Qodirov - Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i
- Nurlan Yusupovich Kalmuratov – “Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Abduvohid Bozorovich Karimov - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, kulol va rassom, Toshkent shahri
- Abdujalil Xolmatovich Qo‘qonov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
- Bayramali Qo‘ldoshev - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
- Boburjon Dilshod o‘g‘li Qurbonaliyev - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri bosh dirijyori
- Samidxon Ismoilovich Lutfullayev - O‘zbekiston davlat drama teatri artisti
- Muhammad-Rashod Xojiqul o‘g‘li Mavlonqulov – “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori, Farg‘ona viloyati
- Muqaddas Mamadaliyeva - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti
- Bahodir Bobojonovich Mamadiyev - Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori
- Sanobar Buzrukovna Matlubova - Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori
- Asad Sherzodovich Muhammadiyev - Toshkent shahridagi “Iosis” xususiy korxonasining ommaviy tadbirlar ovoz rejissyori va operatori
- Ergashboy Mo‘ydinov - Yangiyo‘l tumani madaniyat bo‘limining “Marjona” dorbozlar jamoasi rejissyori, Toshkent viloyati
- Akmal Nusratilloyevich Muxiddinov – Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Buxoro viloyati
- Baxtiyorjon Usmonaliyevich Najmiddinov - Buxoro viloyati musiqali drama teatri artisti
- Gulnora Klichevna Odilova - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, kashtachi, Qashqadaryo viloyati
- Mirodil Mirsoatovich Po‘latov - Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining shimoliy-g‘arbiy hududlar bo‘yicha loyihalash bo‘limi boshlig‘i
- Ixtiyorjon Mahmudovich Rasulov - Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori
- Shohrux Alisher o‘g‘li Rahimov - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, kulol, Toshkent shahri
- Sultamurat Yedenbayevich Reymov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi xalq cholg‘ulari orkestri dirijyori
- Ziyodjon Hakimjanovich Ruzimov - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli musiqa rahbari
- Ulug‘bek Boxadirovich Rustamov - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori
- Mo‘minxon Munir o‘g‘li Saidov - Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti direktori, Samarqand viloyati
- Masud Kimovich Samibayev – “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori, Samarqand viloyati
- Shuhrat Abdukarimovich Sanaqulov - Samarqand viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
- Rohat Zakirovna Tojiyeva - Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktorining o‘rinbosari
- Hamdamjon Mansurovich Turonov – “Talant shou” va “Ovoz” loyihalari prodyuseri
- Olmos Xabibovich Umarov - Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasi bo‘lim boshlig‘i
- Nodirbek To‘lqinovich Umarov - erkin ijodkor, bastakor
- Sirojiddin Maxamadaliyevich Usmonov - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, qonun cholg‘usi sozandasi
- Elbek Nurullayevich Fayziyev - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, aktyor
- Mirshakar Shuhratovich Fayzulloyev - erkin ijodkor, teleboshlovchi
- Faxriddin Xudoyqulovich Hayitov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
- Jamshid Nabiyevich Halilov – “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Buxoro viloyati
- Zoxidjon Ashirmat o‘g‘li Xolov - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, shoir
- Nargis Abduraxmanovna Xolova - Temuriylar tarixi davlat muzeyining fondlar va arxiv bo‘limi mudiri
- Zafar Abdumannapovich Yo‘ldoshev - Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari
- Ilhomiddin Sharofidinovich Yusupov - Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasining Shahrisabz mintaqaviy restavratsiya markazi direktori
- Holiqov Shokir Qo‘ziboy o‘g‘li - S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali o‘qituvchisi, ssenarist va kinorejissyor.
Live
Barchasi