Sirdaryoda Soliq boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mansabdor xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jumladan, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining sho‘’ba boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ go‘yoki 1 mlrd so‘mdan yuqori savdo aylanmasini yashirib, majburiy to‘lovdan bo‘yin tovlagani vaji bilan unga nisbatan sun’iy shakllantirilgan 145 mln so‘m jarimani qo‘llamaslik va kelgusi faoliyatida rahnamolik qilish evaziga uning rahbaridan qiymati 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora Sirdaryo mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing