O‘zbekistonga Braziliyaning yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
09 dekabr 1181 1 daqiqa
Serjio Rodriges dos Santos Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Braziliyaning yangi tayinlangan elchisi Serjio Rodriges dos Santos janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik”, deb yozdi u.
Saidovga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgan dinamikasi muhokama qilingan hamda geografik uzoqlikka qaramay, mamlakatlar birgalikda samarali foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlarni ko‘rib chiqilgan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gens Petsani Albaniyaning, Jozef Nkurunziza esa Burundining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi