Putin O‘QRBSHdan chiqish to‘g‘risidagi qonunni Dumaga kiritdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning O‘rta va qisqa masofali raketalarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadagi (O‘QRBSH) ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qonunning birinchi o‘qishi 18 iyunga belgilangan. Federatsiyalar kengashida qonunni Davlat Dumasidan o‘tishi bilan o‘rganib chiqishlarini ma’lum qilishgan.

Qonun qabul qilingan taqdirda, e’lon qilingan kuni kuchga kiradi.

Qonun matnida keltirilishicha, hujjat ratifikatsiya qilingan taqdirda byudjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratilmaydi. Bundan tashqari, Prezidentga shartnomani qayta tiklash bo‘yicha qaror qilish huquqi beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘QRBSH tomonlarga 500 dan 5,5 ming kmgacha masofaga ucha oladigan qit’alararo ballistik va qanotli raketalarga ega bo‘lishni taqiqlaydigan kelishuv. Shartnoma 1987 yilda AQSH va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan imzolangan. Ittifoq parchalangach, Rossiya uning qonuniy merosxo‘ri sifatida kelishuv shartlarini bajarishni zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'QRBSh Vladimir Putin

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing