Rahbariga soyabon tutgan xodim ishdan olindi

Olam

image
Ozarbayjonda qon bilan yozilgan mustaqillik kurashiga 36 yil to‘ldi (fotoreportaj) north_east

Ozarbayjonda qon bilan yozilgan mustaqillik kurashiga 36 yil to‘ldi (fotoreportaj)

Qor yog‘ayotganida Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi (OMFA) prezidentiga soyabon tutgan xodim ishdan olindi. Bu haqda mahalliy “City post” nashri xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Iso Habibbeyli mamlakat tarixida “Qonli yanvar” fojiasi nomi bilan eslanuvchi 1990 yil 20 yanvarda sovet armiyasining Bakuga bostirib kirishida halok bo‘lganlarni xotirlash munosabati bilan Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurgan. 

Tashrif davomida OMFA xodimlaridan biri Iso Habibbeyliga soyabon tutgan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan. Chunki bundan bir muddat avval Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham xiyobonga borgan, faqat soyabonni o‘zi ko‘tarib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, akademiya prezidentiga qulluq qilgan shaxs OMFA prezidiumining ilmiy kotibi Jo‘shqin Mammadov bo‘lgan va u ishdan bo‘shatilgan.

“Habibbeyli unga soyabon ko‘targan shaxsni lavozimidan ozod qildi va uni boshqa ishga o‘tkazdi. Buning sababi, xodimning xatti-harakati Iso Habibbeyli jamoatchilik tarafidan qoralanishiga sabab bo‘lganligi bilan bog‘liq”, deb yozadi manba.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon soyabon fanlar akademiyasi Iso Habibbeyli Jo'shqin Mammadov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing