Raqib darvozamiz oldida yaqqol xavfli imkoniyatlar yarata olmadi – Kannavaro

Sport

image

Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi Al Ain Cup 2025 turniri doirasida Misr terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Futbolchilarim uchun juda xursandman. Ular qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Ular o‘rganishga, yaxshilanishga harakat qilishyapti. Ular qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatishga harakat qilishyapti. Bunaqa jamoaga qarshi o‘ynash osonmas, ularning tarkibida top futbolchilar bor. Lekin boshidan e’tibor bilan yaxshi o‘ynashga harakat qildik. Ikkita gol urdik, barcha hududlarni yopishga harakat qildik. Natija biz uchun juda muhim, lekin xuddi shunday ishlashda davom etishimiz kerak”, deydi Kannavaro o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha xavotirda ekanligini va bu holatni yaxshilash kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Sovrin uchun Eron bilan o‘ynaymiz, ularni juda hurmat qilamiz, Osiyodagi eng kuchlilardan biri. Ularga muammo yaratishga harakat qilamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni haqida to‘xtalib o‘tdi:

“To‘psiz holatda juda yaxshi ishlayapti. Bunday jamoaga qarshi o‘yin qiyin. Ba’zan raqibga tepish uchun imkoniyatlar berib qo‘ydik. Lekin raqib darvozamiz oldida yaqqol xavfli imkoniyatlar yarata olmadi”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 noyabr kuni turnir final uchrashuvida Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Misr Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing