Ramazon Temirov UFC reytingida top-15'ga kirdi
Sport
−
04 mart 2025 6684 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov oxirgi jangidan g‘alabasidan keyin tashkilot reytingida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.
Temirov 2 martga o‘tar kechasi Amerikaning Las-Vegas shahrida tashkillashtirilgan UFC Fight Night turnirnirda AQSH vakili Charlz Jonsonni mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘z navbatida Jonson Temirov bilan jangdan oldi o‘z vazni reytingida 12-pog‘onani band etgandi, mag‘lubiyatdan keyin u reytingda 15-o‘rinda qayd etildi.

Eng yengi vazn reytingida 1-o‘rinda amerikalik Brendon Royvel qayd etilgan. Vazn chempioni esa braziliyalik Aleshandre Pantoja hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon Temirov oxirgi jangidan qancha summa foyda ko‘rgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral