Ramazonda O‘zbekistondagi 616 mingdan ortiq oilaga 422,4 mlrd so‘m berildi

Jamiyat

image

Joriy yil Ramazon oyida O‘zbekistondagi 616 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga 422,4 mlrd so‘m to‘lab berildi. Bu haqda O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Prezidentning “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam to‘lovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, birinchi bosqichda 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Jumladan:

  • 225 541 ta oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratilgan, shundan:
  • 207 661 ta — davlat ta’minotidagi oilalarga;
  • 3 848 ta — yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga;
  • 17 032 ta — yolg‘iz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

387 764 ta kam ta’minlangan oilaga esa 500 ming so‘mdan mablag‘ to‘lab berilgan.

Ikkinchi bosqichda esa ro‘yxati qo‘shimcha shakllantirilgan hamda hujjatlari o‘rganilayotgan oilalarga moddiy yordam yo‘naltiriladi.

“Moddiy yordam ko‘rsatish jarayoni shaffoflik va manzillilik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Ramazon oyida ehtiyojmand aholi uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m ajratilishi haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston ulamolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib maktub yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon moddiy yordam ehtiyojmand oila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing