Ramzan Qodirovga yana unvon berildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga “Checheniston Respublikasi Qahramonining oltin yulduzi” unvoni berildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Medal respublika bosh vaziri Magomed Daudov tomonidan topshirilgan.

Qodirov bu unvonga davlat oldidagi yirik xizmatlari, xalqqa fidokorona xizmat qilgani, shaxsiy jasorati hamda Chechenistonning ravnaqi va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ko‘p yillik fidoyiligi uchun sazovor bo‘lgan.

Qodirov “Checheniston Qahramoni” unvonini 2023 yilning fevral oyida olgan edi. Daudovning ta’kidlashicha, Qodirovning Checheniston va Rossiya oldidagi xizmatlarini “baholab bo‘lmaydi” va ular “maxsus ilmiy tadqiqot”ga loyiq.

“Checheniston Respublikasi Qahramoni” unvoni 2022 yil noyabrida ta’sis etilgan bo‘lib, uni birinchi bo‘lib Qodirov olgan. Mukofot sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘lib, 750 probali 70 gramm oltindan yasalgan. Yuqori qismida “Qahramon” degan yozuv bor. Orqa tomonida esa “Checheniston Respublikasi Qahramoni” degan jumla o‘yib yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga II darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordenini topshirgandi. Mukofot Qodirovga “Rossiya davlatchiligini mustahkamlash, mamlakat mudofaa qobiliyati va Checheniston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi uchun” topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Magomed Daudov Checheniston Respublikasi Qahramonining oltin yulduzi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing