“Grozniy-Siti” portlatilgandan so‘ng Qodirov Ukrainaga “sovg‘a” va’da qildi (video)

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina dronlarining Chechenistonda joylashgan “Grozniy-Siti” majmuasiga uyushtirgan hujumidan so‘ng, Kiyev tez orada “sovg‘a” olishini va’da qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Checheniston yetakchisiga ko‘ra, “Grozny-Siti” majmuasidagi binolardan biriga dron hujumi sodir bo‘lgan, ammo hech kim jabrlanmagan. 

“Ukraina droni “Grozniy-Siti” baland binolar majmuasidagi bir binoga hujum qilgani haqida gaplashdik. Bunday harakatlar tinch aholining ko‘ngliga qo‘rqinch solish va bosim ostida qoldirishga urinish xolos. Jang maydonida muvaffaqiyat qozona olmayotganlar o‘z zaifliklarini fuqarolik ob’ektlariga zarba berish orqali qoplashga urinmoqda. Baland binoga hujum – bu ularning ojizligining yaqqol belgisi”, deya izoh qoldirgan Qodirov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yaqin vaqt ichida Chechenistonning javobini kutishga tayyor bo‘lishi kerak. 

“Ukraina bizning javobimizni uzoq kutmaydi. Shaxsan men tomonidan ular o‘ziga xos sovg‘ani oladi. Binoni esa tezda tiklaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Checheniston yetakchisi. 

Qayd etish joiz, kecha, 5 dekabr kuni Ukraina dronlari Chechenistondagi “Grozniy-Siti” majmuasiga hujum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarga ko‘ra, zarba binoning taxminan 28 qavatiga to‘g‘ri kelgan. Portlash to‘lqini bir necha qavatlar fasadini vayron qilgan, binoda yong‘in boshlangan.

Ma’lumot uchun, “Grozniy-Siti” – Grozniy shahrining markazida joylashgan 7 osmono‘par binodan iborat majmua. 4,5 gektar maydonda qurilgan bu binolarning balandligi 18 qavatdan 40 qavatgacha.

Eng baland minoraning bo‘yi 145 metrni tashkil qiladi. Loyiha ishlari 2007 yilda boshlangan, qurilish darhol boshlanib, 2011 yilda foydalanishga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Grozniy-Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing