“Real” hujumchisi jarohat sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi 

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasining braziliyalik hujumchisi Rodrigo o‘ng oyog‘ida oldingi xochsimon bog‘lam va lateral meniskus yirtilishi jarohatini olgani ma’lum qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Braziliyalik futbolchi jarohatni Ispaniya chempionatining 26-turida “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda (0:1) olgan. Rodrigo 55-daqiqada maydonga tushib, bahsni oxirigacha davom ettirgan.

“Marca” nashrining yozishicha, hujumchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi hamda yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Rodrigo 2019 yil yozidan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelmoqda. U Ispaniya grandiga Braziliyaning “Santos” klubidan ko‘chib o‘tgan. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Hujumchi “qirollik klubi” safida 297 ta o‘yinda maydonga tushib, 71 ta gol urgan. U jamoa bilan uch marta Ispaniya chempionati va ikki bor UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Shuningdek, Rodrigo Braziliya milliy terma jamoasi safida 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rodrigo “Real Madrid” xochsimon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing