“Real” futbolchilari jarohatlari sabab ichki tekshiruv boshladi

Sport

image

So‘nggi yillarda “Real Madrid” jamoasi futbolchilari jiddiy jarohatlar olayotgani klub rahbariyatini tashvishga soldi. Shu sababli klub ichki tekshiruv boshladi. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar beradi.

Nashrning yozishicha, klub rahbariyati jarohatlar soni tasodifiy holat emasligini va sababini aniqlash maqsadida ichki tekshiruvni boshlagan.

Klub ayniqsa, bu jarohatlarning aksariyati “Santyago Bernabeu” stadionida yoki “Real Madrid” mashg‘ulot maydonida sodir bo‘lganidan xavotirda. Shu sababli rahbariyat hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va vaziyatni chuqur o‘rganishga qaror qilgan.

Manbalarga ko‘ra, Madrid jamoasi ayni paytda bir nechta omillarni tahlil qilmoqda: mashg‘ulot maydonlarining holati, jismoniy tayyorgarlik intensivligi, tiklanish usullari va tibbiyot xodimlarining ish samaradorligi.

Klub futbolchilarning mashg‘ulotlari barcha zamonaviy standartlarga javob berishini va bunday jarohatlar xavfini kamaytirishni maqsad qilmoqda.

Qayd etish joiz, jamoaning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe ham tizza bog‘lamidagi cho‘zilish tufayli uch oyga yaqin noqulaylikni boshdan kechirmoqda. Jarohat uni 2025 yil dekabrdan beri bezovta qilmoqda va hali to‘liq tuzalmagan. Bundan tashqari, jamoa yetakchisi Jud Bellingem ham jarohat sabab “qirollik klubi”ga yordam berolmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” jamoasining braziliyalik hujumchisi Rodrigo o‘ng oyog‘ida oldingi xochsimon bog‘lam va lateral meniskus yirtilishi jarohatini olgani sabab mavsum yakunlangani va shuningdek Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Real Madrid” “Sant'yago Bernabeu”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing