“Real” La Ligadagi eng qimmat xaridlarni amalga oshirdi
Sport
−
02 Sentabr 5634 2 daqiqa
Ispaniyada yozgi transfer oynasi rasman yakunlandi. Bir qator jamoalar yangi futbolchilar bilan safini mustahkamlagan bo‘lsa, ayrim klublar yetakchilarini qo‘yib yuborishi hisobiga kuchsizlandi. Yozgi transferlar paytidagi eng qimmat xaridlarni “Real Madrid” jamoasi amalga oshirdi.
“Qirollik klubi” “Bornmut”dan Din Xyoysenni 62,5 million yevro evaziga sotib olib, La Ligada 2025 yilgi yozgi transferlaridagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi.
Ikkinchi o‘rindagi eng qimmat xarid ham madridliklarga tegishli – ular “Benfika”dan Alvaro Karrerasni 50 million yevro yevaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Kuchli uchlikni esa yana bir “Real” futbolchisi yakunladi: argentinalik iste’dod Franko Mastantuono “River Pleyt”dan 45 million yevro evaziga olib kelindi. Shunday qilib, yozgi bozorning eng yirik uch transferi to‘liq madridliklarga tegishli bo‘ldi.
To‘rtinchi eng qimmat xaridni “Atletiko Madrid” amalga oshirdi – ular “Vilyarreal”dan Aleks Baenani 42 million yevroga xarid qildi. Beshtalikka esa “Vilyarreal” qo‘shildi: ular “Lion”dan Jorj Mikautadzeni 31 million yevroga transfer qildi.
Ma’lumot uchun, 3-turdan so‘ng “Real Madrid” 9 ochko bilan La Liga peshqadamiga aylandi. Shuncha ochkoga ega “Atletik Bilbao” to‘plar farqi evaziga 2- o‘rinda bormoqda qolmoqda. Kuchli to‘rtlikni esa “Vilyarreal” va “Barselona” (7 ochko) yakunlab turibdi.
Live
Barchasi