“Real”ni boshqarish uchun asosiy nomzod kimligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
09 may 2854 1 daqiqa
Portugaliyaning “Benfika” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoning “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanish ehtimoli juda yuqori baholanmoqda. Bu haqda ishonchli insayder Sasha Tavoleri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda “Special One” va “Real Madrid” rahbariyati o‘rtasida shartnoma tafsilotlari hamda klubning kelajakdagi loyihasi yuzasidan muzokaralar davom etmoqda va portugaliyalik mutaxassisning “qirollik klubi”ga qaytish ehtimoli 90 foizga baholangan. Klub prezidenti Florentino Perec ham allaqachon ushbu variantni ma’qullagani aytilmoqda.
Mahalliy OAV xabarlarga ko‘ra, Peres va Mourino o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tgan. Unda portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan ishlashni davom ettirish uchun asosiy talablarini bildirgan.
Shuningdek, “Benfika” Mourino o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan murabbiy izlayotgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bu Ruben Amorim bo‘lmaydi. Asosiy nomzodlardan biri sifatida esa Marku Silva ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mourino “Real Madrid”ni 2010-2013 yillar oralig‘ida boshqargan. U jamoa bilan 178 ta o‘yin o‘tkazib, 127 g‘alaba, 28 durang va 23 mag‘lubiyat qayd etgan. Portugaliyalik murabbiy “qaymoqrangliklar” bilan La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may