“Real”ning Qozog‘istondagi o‘yini chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
15 Sentabr 22677 1 daqiqa
Qozog‘istonning “Qayrat” futbol klubi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi o‘z maydonidagi o‘yinlarga chipta sotish tartibi, narxi va muddatlarini e’lon qildi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.
Xususan, “Qayrat” – “Real Madrid” uchrashuviga chiptalar joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 17:00 da sotuvga chiqadi. Uning narxi 30 000 tengedan (taxminan 690 ming so‘m) boshlanadi. Eng qimmat chipatalar esa 250 ming tenge (taxminan 5 mln 730 ming so‘m). Bir kishiga 2 tadan ortiq chipta sotilmaydi. Shuningdek, chipta xarid qilishda pasport ma’lumotlari tekshiriladi.
“Chiptalar narxi UEFA bilan kelishilgan va Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi barcha uy o‘yinlari uchun yagona hisoblanadi. Narx siyosati turnir maqomi va o‘yinlarga yuqori qiziqishni aks ettiradi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, “Qayrat”ning “Real Madrid”ga qarshi o‘yini joriy yilning 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Olmaota shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qayrat” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor turnirning guruh bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi