“Real” Vinisius uchun 200 millionlik taklif oldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi braziliyalik futbolchi Vinisius Junior uchun Saudiya Arabistonidan 200 million funt sterling miqdorida taklif oldi. Bu haqda “Indykaila News” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, taklif Saudiya Arabistoni klublaridan biridan kelib tushgan. Biroq “qirollik klubi” rahbariyati manfaatdor tomonga Vinisius Junior 2026 yilgi qishki transfer oynasida sotilmasligini bildirgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” joriy yilning yanvar oyi oxirigacha qanot yarim himoyachisi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida.

Klub rahbariyati, shuningdek, Vinisius mavsum oxirigacha yangi shartnoma imzolamasa ham kelajak rejalarini shu taxmin asosida tuzmoqchi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli braziliyalik futbolchi 2018 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Vinisius Juniorning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Hozirda “Transfermarkt” portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Vinisius Junior “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing