Rodri hakamlarni tanqid qilgani uchun yirik miqdorda jarimaga tortildi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri hakamlarni tanqid qilgani uchun Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) tomonidan 80 ming funt sterling (taxminan 107 ming AQSHdollari) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yulduz “Tottenxem” bilan durangdan (2:2) so‘ng hakamlarning xolisligiga shubha bildiruvchi bayonotlari uchun jazolangan. Shunga qaramay, futbolchi o‘yinlardan chetlatish (diskvalifikatsiya) jazosidan qutulib qoldi.

Mojaroga sabab bo‘lgan voqea “Manchester Siti” 2:0 hisobidagi ustunlikni boy bergan o‘yindan so‘ng yuz berdi. Rodri jurnalistlar bilan suhbatda hakam neytral bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, “odamlar jamoasining doimiy g‘alabalaridan charchagani va ularning yutishini xohlamasliklari” haqida keskin fikrlar bildirdi. Keyinchalik o‘tkazilgan sud majlisida futbolchi o‘z aybini tan olgan.

Ma’lumot uchun, hozirda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasida peshqadam “Arsenal”dan etti ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda, biroq “shaharliklar” ixtiyorida bitta zaxira o‘yini mavjud. Rodri esa joriy mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima “Manchester Siti” Rodri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing