Romano “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishini aytdi
Sport
−
02 iyun 1903 1 daqiqa
Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola yangi mavsumdan boshlab “Liverpul”ning bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, Iraolaning tayinlanishi bo‘yicha muzokaralar so‘nggi ikki kun ichida sezilarli darajada ilgarilagan va tomonlar kelishuvga erishgan.

43 yoshli Andoni Iraola 2017 yildan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. U so‘nggi uch mavsum davomida boshqargan “Bornmut” klubida yuqori natijalarga erishib, muxlislar va mutaxassislar hurmatini qozongan.
“Olchalar” laqabi bilan tanilgan jamoa Iraola qo‘l ostida 2025–2026 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida oltinchi o‘rinni egallab, Yevropa ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 may kuni Arne Slot “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgandi. Bunga jamoaning 2025–2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumini beshinchi o‘rinda yakunlagani sabab bo‘lgan.
“The Athletic” nashrining xabar berishicha, mazkur qaror Slot uchun kutilmagan bo‘lgan. Chunki bundan avval klub rahbariyati 47 yoshli mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va u yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan bo‘lgan.

Live
Barchasi