Ronaldu faoliyatini yakunlagach, 30 million yevrolik qasrga ko‘chib o‘tmoqchi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Portugaliyadagi 30 million funt sterling qiymatidagi hashamatli qasrga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi.

Lissabondan 48 km uzoqlikdagi qirg‘oqbo‘yi kurortida qurilishi yakunlangan ushbu mulk Portugaliyadagi eng katta va eng qimmat uylardan biri hisoblanadi. Futbolchining uyi yerosti avtoturargohi bilan jihozlangan bo‘lib, unda uning 13,8 million yevro qiymatidagi avtomobil kolleksiyasi uchun joy ajratilgan. Sakkizta yotoqxonali qasr uch yil davomida qurilgan. “Al-Nasr” hujumchisi faoliyatini yakunlagach, bu mulkka ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Qasrda ulkan shisha basseyn va suv osti yo‘lagi mavjud bo‘lib, mehmonlar yuqorida suzayotganlarni ko‘rishlari mumkin. Loyihada aqlli isitish tizimi, sportzali, yopiq va ochiq basseynlar, massaj xonasi va kinoteatr ham bor. Shuningdek, qasrda sof oltin jo‘mraklar, italyan marmarlari va juftliklar uchun maxsus yaratilgan Louis Vuitton devoriy rasmi ham mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu uy yaqinida golf maydonchasi sotib olishga uringan, ammo uning taklifi rad etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Qizil dengiz markazida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikki hashamatli villa xarid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing