Ronaldu to‘yidan so‘ng 40 mln dollarlik qasrini sotmoqchi – OAV
Sport
−
10 yanvar 5749 1 daqiqa
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan nikoh to‘yidan keyin Portugaliyaning Kashkaysh shahrida joylashgan hashamatli uyini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qiymati taxminan 40 million dollarga baholanayotgan sakkiz yotoqxonali qasr suzish havzasi, yerosti avtoturargohi va xususiy kinoteatr bilan jihozlangan. Uy allaqachon qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, Ronaldu uni to‘y marosimidan keyin sotishni ko‘zlamoqda.
Portugaliyalik futbolchi 2025 yilning avgust oyida argentinalik modelga turmush qurish taklifini bildirgan. Juftlik 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng rasmiy nikohdan o‘tishni rejalashtirmoqda.
Xabarga ko‘ra, besh karra “Oltin to‘p” sohibi mazkur hududda shaxsiy hayotning yetarli darajada ta’minlanmaganidan norozi. U xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida qo‘shni mehmonxona mulki va golf maydonini sotib olishga urinib ko‘rgan, biroq taklifi rad etilgan.
Shuningdek, Kashkayshdagi ushbu qasr Ronaldu va Jorjinaning to‘y marosimi o‘tkaziladigan joyga aylanishi mumkin. Shundan so‘ng villa sotuvga qo‘yiladi.
Live
Barchasi