Ronaldu Meksika va AQSH terma jamoalariga qarshi o‘ynamasligi mumkin

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al Nasr” va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu jarohati sabab Meksika va AQSH terma jamoalariga qarshi o‘ynamasligi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Jurnalistning yozishicha, son mushaklaridan jarohat olgan Ronaldu ikki haftadan to‘rt haftagacha futbol o‘ynay olmasligi mumkin.

Joriy yilning 28 fevral kuni Ronaldu “Al-Nasr”ning “Al-Fayha”ga qarshi o‘yinda (3:1) son mushaklaridan jarohat olgandi.

Shu sabab Ronaldu joriy yilning 7 va 11 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Uning mart oyi oxirida Portugaliya terma jamoasi yig‘iniga qo‘shilishi esa tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati oldidan so‘ng tayyorgarlik yig‘ini doirasida joriy yilning 29 mart va 1 aprel kunlari mos ravishda Meksika hamda AQSH terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu jarohat “Al Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing