O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari qanday vaqtlarda boshlanadi?
Sport
−
02 iyun 8430 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi vaqtlarda start oladi (Toshkent vaqti bilan):
- 18 iyun 07:00 – O‘zbekiston – Kolumbiya
- 23 iyun 22:00 – Portugaliya – O‘zbekiston
- 28 iyun 04:30 – Kongo Demokratik Respublikasi – O‘zbekiston
Agar O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallaydigan bo‘lsa pley-off bosqichida “D”“E”“I”“J” guruhlaridagi ehtimoliy 3 o‘rin egalarining biri bilan to‘qnash keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari guruhda 2 o‘rinni egallagan taqdirda Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari guruhidagi 2-o‘rin sohibi bilan bahs olib boradi. Bordiyu 3-o‘rin bilan pley-offga chiqish nasib qilsa, yuqoridagi nomi tilga olingan jamoalar o‘rin egallagan guruh yetakchisi O‘zbekistonga raqiblik qiladi.
Pley-off bosqichi quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:
- 29 iyun – 4 iyul: 1/16 final bahslari
- 4 iyul – 8 iyul: 1/8 final bahslari
- 10 iyul – 12 iyul: chorak final bahslari
- 15 iyul: yarim final
- 16 iyul: yarim final
- 19 iyul: uchinchi o‘rin uchun o‘yin
- 20 iyul: final.
Live
Barchasi