Ronalduning to‘yi qachon va qayerda bo‘lishi aytildi

Sport

image

Dunyoning eng mashhur juftliklaridan biri – Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigeslarning uzoq kutilgan to‘y marosimi Ronalduning tug‘ilgan shahri Funshalda bo‘lib o‘tadi. Nikoh marosimi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin yozda Funshal katolik cherkovining yirik markaziy ibodatxonasida o‘tkazilishi, ziyofat esa hashamatli mehmonxonada davom ettirilishi aytilmoqda. Bu haqda “Jornal da Madeyra” xabar berdi.

Avvalroq, 40 yoshli portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu joriy yilning avgust oyida uzoq yillardan beri birga bo‘lgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qilganini ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan edi.

Ronaldu va Jorjina 2016 yildan beri birga. Ular Ronaldu “Real Madrid” safida to‘p surayotgan, Jorjina esa Madriddagi Gucci do‘konida ishlagan paytda tanishgan. Ularning munosabatlari 2017 yil boshida, ilk farzandlari Alana Martina dunyoga kelgan yili ommaga oshkor bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu besh farzandning otasi hisoblanadi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Krishtianu Junior 2010 yilda, egizaklari Evu va Mateo esa 2017 yilda tug‘ilgan. Ronaldu va Jorjina Rodrigesning qizlari Alana Martina 2017 yilda, eng kenja farzandlari Bella Esmeralda esa 2022 yilda dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Nasr” futbol jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmonning AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqatda qatnashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges to'y marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing