Ronalduning jarohati haqida ma’lumot berildi
Sport
−
02 mart 4169 1 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” safida Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turida “Al-Fayha”ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, maydonni tark etdi. O‘yindan so‘ng “Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Ronalduning jarohati haqida fikr bildirdi.
Saudiya chempionatining 24-turida Al-Fayhaga qarshi o‘yinda (3:1) Ronaldu dastlab penaltini golga aylantira olmadi. Uchrashuvning 81-daqiqasida esa o‘ng oyog‘idagi noqulaylik sababli maydonni tark etdi.
“U mushaklarida og‘riq his qildi. Ikkinchi golni urganimizdan keyin tavakkal qilmaslikka qaror qildim va uni almashtirdim. Tibbiy shtab uning holatini baholaydi, ammo hozircha gap shunchaki mushaklar charchog‘i haqida ketmoqda, xolos”, deydi Jezush.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning tiklanishi taxminan 3–5 kun atrofida bo‘lishi mumkin. Agar mushakda yirtilish aniqlansa, unda uni tiklanishi uchun 2 haftagacha yoki undan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 21 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Al-Nasr” esa 24-turdan so‘ng 61 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.