Ronaldu “Al-Fayha”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Sport
−
02 mart 2309 1 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” safida Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turida “Al-Fayha”ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Portugaliyalik hujumchi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, biroq uni yakunlay olmadi. 81-daqiqada o‘ng oyog‘idagi noqulaylik sababli almashtirildi. Uchrashuv davomida “Al-Nasr” foydasiga penalti belgilandi, ammo Ronaldu zarbani aniq amalga oshira olmadi.
Shunga qaramay bahs “Al-Nasr”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jamoaning navbatdagi o‘yini joriy yilning 4 mart kuni “Al-Vasl”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ronalduning ushbu uchrashuvda maydonga tushish-tushmasligi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 41 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 23 ta o‘yinda 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu o‘zining investitsiya kompaniyasi orqali Ispaniyaning “Almeriya” jamoasining 25% ulushini sotib olgandi.
Live
Barchasi