Rossiya 9 maygacha Chasov Yarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan – Sirskiy 

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi balandliklarni nazorat qilish uchun muhim jangga tramplin yaratish maqsadida 9 may G‘alaba kunigacha Chasov Yar shaharchasini egallashni maqsad qilgan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy kecha, 14 aprel kuni ma’lum qildi.

Sirskiy frontdagi vaziyat yomonlashgani haqida ogohlantirgan va Rossiya o‘z sa’y-harakatlarini Baxmutning g‘arbiy qismida Chasov Yarni qo‘lga kiritishga va keyin Kramatorskka borishga qaratganini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatida Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatmoqda, ular o‘q-dorilar, dronlar va elektron urush uskunalari bilan ta’minlangan.

“Rossiya oliy harbiy rahbariyati o‘z qo‘shinlari oldiga 9 maygacha Chasov Yarni qo‘lga kiritish vazifasini qo‘yganini hisobga olsak, tahdid dolzarbligicha qolmoqda”, deydi Sirskiy.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq Kreml bahor oxirida yoki yozda yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Filadelfiyadagi tashqi siyosat tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi Rob Li Chasov Yar hududida keng ko‘lamli jang bo‘lishi mumkinligini prognoz qildi.

“Chasov Yar mudofaa uchun qulay tepalikda joylashgan. Agar Rossiya bu shaharni qo‘lga kiritsa, kutilayotgan yozgi hujum doirasida Donetsk viloyatiga chuqurroq kirib borish tezligini oshirishi mumkin bo‘ladi”, deydi ekspert.

Ma’lumot uchun, Chasov Yar o‘tgan yilning may oyida bir necha oylik qonli janglardan so‘ng Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Baxmutdan 5-10 kilometr uzoqlikda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Aleksandr Sirskiy Chasov Yar Aleksandr Sirskiy kecha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made