Rossiya Dneprga hujum qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 23 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Dnepr shahriga yirik dron hujumini uyushtirdi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, bir nechta turarjoy binolari zarar ko‘rgan. Xususan, dronlardan biri 13 qavatli turarjoy binosiga urilgan va bir nechta honadon yonib ketgan. Turarjoy binolaridan tashqari do‘kon, ma’muriy bino, foydalanilmayotgan bino va mahalliy aholining mashinalari shikastlangan.

Ma’lum qilinishicha, dronlar Dnepr viloyatidagi Krivoy Rog va Nikopol shaharlariga, shuningdek, bir nechta kichik shaharlarga ham hujum uyushtirgan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir kechada mintaqada jami 40 ta dron yo‘q qilingan. Bir kun oldin esa Rossiya kuchlari Zaporoje viloyatidagi temir yo‘lga hujum qilgan. Hujum oqibatida yordamchi poyezd mashinisti halok bo‘lgan va mashinist jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hujum oqibatida Odessadagi port infratuzilmasi ham zarar ko‘rgan. 

Shuningdek, 21 aprel kechasi Rossiya dronlari Sumi shahriga hujum qilgan. Jarayonda ko‘p qavatli turarjoy binolariga zarba berilgan. Oqibatda 15 kishi jarohat olgan, jumladan, uch bola shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiyot muassasasi ham zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16 aprelga o‘tar kechasi Rossiya harbiy kuchlari Kiyevga yirik raketa hujumini uyushtirgandi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘lgan va 90 dan ortiq kishi yaralangan.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing