Qodirovning onasi Kanadada “qora ro‘yxat”ga tushdi
Olam
−
11 may 2535 1 daqiqa
Kanada Rossiyaning beshta kompaniyasi va 23 nafar jismoniy shaxsiga, jumladan, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Kanada Rossiyaning harakatlarini keskin qoralaydi va yana 23 nafar jismoniy hamda beshta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etadi”, deyiladi TIV bayonotida.
Idoraning qayd etishicha, hozirda Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatida jami 80 ta jismoniy va yuridik shaxs mavjud.
Kanada TIV tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga Checheniston rahbarining 72 yoshli onasi Aymani Qodirova, shuningdek, “VOIN” armiya, aviatsiya va flotiga ko‘maklashuvchi ixtiyoriy jamiyati, Sevastopol “Yunarmiya”si, Volgogradning “Uchastiye” volontyorlik markazi, “Avangard” o‘quv markazi va bolalar lageri kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati Rossiya va qator xorijiy kompaniyalarga, jumladan, Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgandi.
Live
Barchasi