Rossiya maktablariga qancha migrant bolalar qabul qilingani aytildi
Olam
−
22 noyabr 2206 1 daqiqa
Rossiyadagi maktablarga faqatgina 19 foiz migrant bolalari qabul qilindi. Bu haqda Rossiya Ta’lim nazorati boshlig‘i Anzor Muzayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, imtihon topshirganlarning qolgani sinovlardan o‘tolmagan. Muzayev asosiy to‘siqlar sifatida rus tilini yetarlicha bilmaslik va hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirishni aytib o‘tgan.
“Hujjatlarni taqdim etish va rus tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talablariga rioya qilgan holda, faqat 19 foiz bolalar maktablarga qabul qilindi”, degan Muzayev.
Uning ta’kidlashicha, talabgorlarning 80 foizdan ortig‘i bu shartlarga javob bera olmagan.
Qayd etish joiz, 2025 yilning 1 aprelidan boshlab barcha migrant bolalari rus tilini bilish bo‘yicha testdan o‘tishi majburiy bo‘ldi.
Sentyabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy bolalarning aksariyati rus tili testini topshira olmagan. Besh oy davomida jami 23,6 ming ariza berilgan, imtihonga esa 8 mingdan ortiq bola kira olgan, shulardan yarmidan ko‘pi ham vazifalarni bajara olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasiga yangi qonun loyihasi kiritilgandi. Unda rus tili ona tili bo‘lgan xorijiy fuqarolarning farzandlarini maktabga kirishdan oldin o‘tkaziladigan rus tili testidan ozod etish taklifi ilgari surilgan.
Live
Barchasi