Rossiya va Fransiya o‘zaro asir almashdi

Olam

image

Kecha, 8 yanvar kuni Rossiya va Fransiya o‘zaro asir almashdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasida xorijiy josus sifatida tanilgan olim Loran Vinate basketbolchi Daniil Kasatkin bilan almashtirilgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.  

Nashrga ko‘ra, sportchi Daniil Kasatkin 2025 yil iyun oyidan beri Fransiyada hibsda saqlanayotgan bo‘lgan. 

“Rossiya fuqarosi Daniil Kasatkin 2025 yil 21 iyunda Sharl de Goll aeroportida AQSH rasmiylarining so‘rovi asosida vaqtinchalik hibsga olinib, uni Amerikaga ekstraditsiya qilish maqsadida ushlangan”, deyiladi xabarda.    

Amerika rasmiylari uni kiberfiribgarlikka aloqadorlikda gumon qilgan. Qo‘shma Shtatlarga ko‘ra, Daniil Kasatkin tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralarda xakerlarga yordam bergan, sportchining o‘zi esa barcha ayblovlarni rad etgan. 

Rossiya Kasatkin evaziga 2024 yilda hibsga olingan Fransiya fuqarosi, Shveysariya gumanitar muloqot markazi xodimi Loran Vinateni ozod qildi. Vinate chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda ayblanib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatshunos Rossiyadagi harbiy faoliyat va safarbarlik haqida ma’lumot to‘plagan. Sudda Vinate aybiga iqror bo‘lgan.e

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaga 1000 ta harbiylar jasadini topshirgandi. Rossiya esa Ukraina tomonidan 30 nafar rossiyalik askarning jasadini olgan. Halok bo‘lganlar jasadlari va harbiy asirlar bilan almashish bo‘yicha kelishuvlar 2025 yil iyun oyida Istanbulda o‘tgan rossiyalik va ukrainalik delegatsiyalar muzokaralari davomida erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya asir Daniil Kasatkin Loran Vinat'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing