Buyuk Britaniya va Fransiyaga kuchli bo‘ron yopirildi (video)

Olam

image

Bugun, 9 yanvar kuni Fransiyaning shimoliy qismi va Angliya janubidagi minglab uylar va korxonalar kuchli shamol, yomg‘ir va qor olib kelgan “Goretti” bo‘roni sabab elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliyaning janubida shamol tezligi 159 km/soatga yetgan. Mahalliy hokimliklar ayrim yo‘llar yopilgani va suv yetishmovchiligi hamda elektr uzilishlari haqida xabar bergan. Midlend va Uelsda 57 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.

Kuchli bo‘ron Shimoliy Shotlandiyaga ham ta’sir qilgan. U yerda hafta boshida yarim metrdan ortiq qor yog‘gan. Shotlandiya bo‘ylab 250 dan ortiq maktablar yopilgan.

“Goretti” bo‘roni Fransiyaga ham yetib borgan va taxminan 380 ming xonadon elektrsiz qolgan. Fransiya Milliy meteorologiya xizmatiga ko‘ra, Normandiyada kechalari shamol tezligi 213 km/soatga yetgan. Shimoli-g‘arbiy Fransiyada mintaqaviy poyezdlar to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning qator mamlakatlarini kuchli qor qoplab olgani va avtomobillar tirbandliklarda qolib ketganligi haqida xabar berilgan edi. Yo‘l-transport hodisalari oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Buyuk Britaniya bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing