Rossiya va Ukraina asirlarni almashdi
Olam
−
05 fevral 3656 1 daqiqa
Rossiya Ukraina nazoratidagi hududdan 157 nafar harbiy xizmatchisini asirlikdan qaytarib oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Unga ko‘ra, buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining ham 157 nafar harbiy asiri Ukrainaga topshirilgan. Shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatida bo‘lgan uch nafar tinch aholi vakili ham o‘z vataniga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu asirlar almashinuvida Birlashgan Arab Amirliklari va AQSH vositachilik qilgan. AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskva va Kiyev o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqlagan.
Uning aytishicha, bu kelishuv Abu-Dabida o‘tkazilgan tinchlik muzokaralarining ikkinchi bosqichi davomida erishilgan. Muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan va uchrashuv haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi avvalgi mahbuslar almashinuvi 2025 yil 2 oktyabr kuni amalga oshirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina halok bo‘lganlarning jasadlarini almashgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi