Rossiyada ish beruvchi migrantni o‘ldirib, jasadini haltada ko‘chaga tashlab ketdi (video)
Olam
−
04 Oktabr 14560 1 daqiqa
Kecha, 3 oktyabr kuni Rossiyada qirg‘izistonlik fuqaroni o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya IIVning Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yil iyun oyida politsiyaga qurbonning tanishi murojaat qilib, uni topishda yordam so‘ragan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolishidan avval u Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi do‘konda yuk tashuvchi sifatida uzoq vaqt ishlab kelgan.
Tergov jarayonida huquq-tartibot organlari qirg‘izistonlik marhum Kamchatkani tark etmaganini, shifoxonaga ham murojaat qilmaganini aniqladi. Uning qarindoshlari va do‘stlari ham uning qayerdaligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan. Uni oxirgi marta ish joyidagi kuzatuv kamerasi yozuvlarida ko‘rishgan. Shundan so‘ng uni federal qidiruvga berishgan.
Izlanishlar natija bermaganidan keyin avgust oyida Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (“Qotillik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sentyabr oyida esa politsiyaga dahshatli xabar keldi: mahalliy aholi vakili it bilan sharqiy shosse yoqasida sayr qilib yurganida inson jasadi qoldiqlari solingan xaltani topdi.
DNK tekshiruvi natijasida bu qoldiqlar bedarak yo‘qolgan qirg‘izistonlikka tegishli ekani aniqlandi. Tergov jarayonida uning o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi va gumonlanuvchi sifatida 74 yoshli ish beruvchisi qo‘lga olindi. U o‘z aybini tan oldi.